Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Pokiston Islom Respublikasi Standartlar va sifatni nazorat qilish idorasi oʻrtasida onlayn-muloqot tashkil etildi.

Tadbirda ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Mahsulotlar muvofiqligini baholash, standartlashtirish, metrologiya va texnik yordam sohalarini oʻzaro tan olish boʻyicha imzolangan Bitimni amaliyotda qoʻllash, GSP+ tartibidan foydalanish tajribasini oʻrganish va qoʻllash sohasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv natijasiga Bitimni amaliyotda qoʻllash boʻyicha Xarakatlar dasturi ishlab chiqishga, Pokistonda import mahsulotlarga qoʻyilgan talablar boʻyicha maʼlumot olishga, mutaxassislar va mahalliy mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar uchun treyning-seminarlar tashkil etishga kelishib olindi.

Oʻzbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi

Xalqaro hamkorlik boshqarmasi