2016 yil davomida agentlik tomonidan 10485 ta , 1 iyul oyiga qadar 5243 ta va 2017 yilning 1 iyul oyiga qadar 5654 ta korxonada profilaktika ishlari o‘tkazildi.
Olib borilgan profilaktika ishlari natijasida 2016 yilda 2627 ta va 2017 yilning 1 iyul oyiga qadar 1731 ta xato va kamchilikning oldi olindi.
Shuningdek, o‘tgan 2016 yilda joylarda 326 marotaba (2017 yilning 1 iyul oyiga qadar 211 maratoba) “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etilgan bo‘lib, 1090 nafar (2017 yilning 1 iyul oyiga qadar 525 nafar) tadbirkorlik sub’ektlarining 819 tasiga (2017 yilning 1 iyul oyiga qadar 362 tasiga) soxaga oid muammolarni hal etishda amaliy yordam berildi.