Majlis ishida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Tashqi savdo, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirliklari, Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasidan hamda Ommaviy axborot vositalarining vakillari taklif etildi.
Hay’at majlisini «O‘zstandart» agentligi Bosh direktori A.Karimov boshqardi. Yig‘ilishda muhtaram Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan «O‘zstandart» agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorining ijrosi va hukumat tomonidan berilgan topshiriqlarning bajarilishi kabi masalalar muhokama etildi.
Majlis ishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tdi. Unda ta’kidlanganidek, mazkur Qarorda belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida "O‘zstandart" agentligi tizimidagi tashkilot va korxonalarining 2017 yilning 1-yarim yilligida moliyaviy faoliyatida ijobiy natijalarga erishilgani ma’lumot uchun qabul qilindi. 
Tahlil natijalariga asosan, bajarilgan ishlar va xizmatlarning hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 130,4% ni tashkil qilib, rentabellik darajasi 11,5 foizga erishilgani ma’lum bo‘ldi.
Agentlik tizimidagi laboratoriyalarni zamonaviy uskunalar va o‘lchov vositalari bilan ta’minlash maqsadida 6,1 mlrd. so‘mga 228 ta jihozlar xarid qilindi.
Shuningdek hisobot davrida 1172 standart va ularga tegishli tartibda o‘zgartirishlar kiritilib davlat ro‘yxatiga olindi.
Davlat fondi 12 166 ta yangi standartlar bilan boyitildi.Mazkur standartlardan tadbirkorlarning foydalanishlari hisobga olinib “O‘zstandart” agentligining rasmiy veb-saytida 264 ta qabul qilingan xalqaro standartlar joylashtirildi.
264 ta halqaro standartlar qabul qilinib me’yoriy hujjatlar davlat fondida halqaro talablar bilan uyg‘unlashtirilgan standartlar ulushi 
12,7 % dan 13,8 % gacha o‘sdi.
61 106 ta muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirildi (shundan tan olish yo‘li bilan - 1 107 ta, seriyali ishlab chiqarishga - 4 336 ta).
Joriy yilning 1-yarim yili davomida 1 252 ta (537 ta eksportyor) korxonalarda sifat menedjmenti tizimlari joriy qilinib, halqaro standartlarga muvofiq sifat menedjmenti joriy etilgan korxonalar soni 5 433 taga yetkazildi.
Tadbirkorlik sub’ektlariga bevosita joylarda xizmat ko‘rsatishni ta’minlash maqsadida:
yangi 38 ta muvofiqlikni baholash idoralari akkreditatsiya qilindi;
faoliyat yuritayotgan 28 ta muvofiqlikni baholash idorasi akkreditatsiya doiralari kengaytirildi. 
Shu bilan birga faoliyat yuritayotgan sertifikatlashtirish idoralari va sinov laboratoriyalarining 325 tasida rejaga asosan inspeksiya nazoratlari o‘tkazilib, buning natijasida, 162 ta muvofiqlikni baholash organining akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomasining amal qilishi tasdiqlandi.
Majlis so‘nggida tegishli tavfsiyalar ishlab chiqilib qaror qabul qilindi.