Respublikamizda 1997-yil 29 avgustda qabul qilingan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” doirasida ko‘pgina ishlar bajarildi. Buning natijasida mamlakatimizda ta’limda uzliksiz tizim yaratilib, farzandlarimiz maktabgacha yoshidan boshlab, ta’limning barcha bo‘g‘inlari bilan to‘liq qamrab olindi.

Milliy dasturning yana bir muhim tomoni shundaki, unda bevosita ta’lim tizimi va ishlab chiqarish integratsiyalashuvi masalasi hamda uni rivojlantirish istiqbollariga ham e’tiborni qaratish davr talabiga aylanib bormoqda.

Muhtaram Prezidentimiz o‘zlarining har bir chiqishlarida, yoshlarni ish bilan ta’minlashga, Oliy ta’lim tizimida malakali mutaxassislarni tayyorlashga va eng asosiysi ularni o‘qitish bilan birga ishlab chiqarish jarayonlari bilan uyg‘unlashtirishga bekorga to‘xtalib o‘tmayaptilar.

Xalqimizda “yuz marotaba eshitgandan ko‘ra, bir marta ko‘rgan afzal” degan maqoli, aynan ta’lim tizimiga ham ta’lluqli ekanligi hammamizga ayon. Talaba faqatgina nazariy bilim bilan cheklanib, amaliyot jarayonlarida qatnashmagan bo‘lsa, ertaga u ishlab chiqarishga kelib, yangi texnologiyalarni, qanday o‘zlashtirib ketadi?.

Albatta, bu jarayonda o‘quv-ishlab chiqarish majmualarini (markazlarini) tashkil etish va ularni rivojlantirish, zamonaviy uskunalar bilan ta’minlash dolzarb masaladir.

“O‘zstandart” agentligi Bosh direktorining topshirig‘iga asosan, I.Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti bilan hamkorlikda Metrologiya, standartlashtirish, va sertifikatlashtirish fakul’tetining bo‘limi aynan Agentlikda tashkil etilishi, kelgusida ijobiy natijalarni beradi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan uchrashuvda Universitet rektori S.Turobjonav, Professorlar F.Ismatullayev, P.Matyoqubova va “O‘zstandart” agentligi Bosh metrologi A.Abduqayumov, Respublika Sinov va sertifikatlashtirish markazi direktori R.Bo‘riyev va boshqa mas’ul xodimlar ishtirok etdilar. Yig‘ilishda so‘z olganlar Kadrlarni tayyorlash va birgalikda ilmiy-tadqiqot ishlarining samaradorligni oshirish, talabalarni amaliyotga kelganlarida ularga ustozlarni biriktirib qo‘yish kabi masalalar yechimini muhokama qildilar. 

Texnika Universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur bo‘lim kelgusidagi hamkorlkning yangicha poydevori vazifasini o‘taydi.