“Sirdaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi tomonidan Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi bilan hamkorlikda, viloyatdagi tadbirkorlik sub’ektlariga yanada qulaylik yaratish maqsadida Guliston shahrida joylashgan “Guliston TIF” bojxona posti qoshida eksport-importga ko‘maklashish shaxobchasi tashkil etildi.

Shaxobchada tadbirkorlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lib, ularga markaz tomonidan biriktirilgan malakali mas’ul xodim tomonidan muovofiqlikni baholash va tasdiqlash sohasida maslahatlar berilib tez va sifatli xizmat ko‘rsatib kelinmoqda.

Endilikda tadbirkorlar xujjatlarni rasmiylashtirish ishlarini bojxona postini o‘zida amalga oshirish imkoniga ega bo‘ldilar. Bu esa ularning ortiqcha sarf – xarajatlari va vaktining tejalishiga zamin yaratdi.