Xalqaro eletrotexnika komissiyasi ko‘magi, Koreya Standartlar va Texnologiyalar Agentligi tashabbusi va xomiyligida joriy yilning 8-10 avgust kunlari Koreya Respublikasining Yonjin shaxrida rivojlangan va rivojlanib kelayotgan davlatlarning maktablarida taxsil olayotgan o‘rta va yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida 13 xalqaro standartlar olimpiadasi o‘tkaziladi.

Xalqaro olimpiada talabiga asosan ishtirok etuvchi davlatdan 1 nafar ustoz va 3 nafar maktab o‘quvchilari  ishtirok etishi talab etiladi. Xalqaro olimpiadada qatnashayotgan o‘quvchilarning yoshi o‘rta sinflardan (yoshi 13-15) va yuqori sinflardan (yoshi 16-18) bo‘lishi lozim.

Ushbu tanlovda ishtirok etish uchun arizalar joriy yilning 31 martidan 31 may kuniga qadar qabul qilinadi.

Xalqaro olimpiada davrida katnashuvchilarning ovqatlanishi va turar joyi Koreya Standartlar va Texnologiyalar Agentligi tomonidan, Koreya Respublikasiga borish va kelish uchun aviachiptalar qatnashuvchi davlat tomonidan to‘lanadi.

Ushbu masala yuzasidan O’zstandart agenligi, Xuquqiy Ekspertiza va Xalqaro Munosabatlar Boshqarmasi (+998712467193), ird@standart.uz ,  Koreya Standartlar va Texnologiyalar Agentligi (ghlovely@korea.kr) yoki Koreya Standartlar Uyushmasi (hkchoi@ksa.or.kr)  bilan bog‘lanish tavsiya etiladi.