Respublikamiz Prezidenti Sh.Mirziyoyevning tashabbusi bilan, xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilmoqda.

Albatta, muloqotning shakli ko‘p. Ammo insonlar bilan yuzma-yuz, yaqindan salomlashib, ayniqsa janub oftobning taftidan quvvat olgan chehralariga qarab suhbatlashishning gashti o‘zgacha.

Shahrisabz tumani Qashqadaryo viloyatining sanoati va hunarmandchiligi, turizmi hamda boshqa sohalari rivojlangan hududi hisoblanadi. Ayniqsa Shahrisabzning o‘z nomiga monand yashilligi, go‘zalligi, tozaligi, tabiati va to‘rt tomonida purviqor tog‘larining salobat to‘kib turishi har bir insonning e’tiborini tortadi.

Tarixiy manbaalarning guvohlik berishicha, dunyo davlatchiligida yuksak obro‘-ehtiromga sazovor bo‘lgan Sohibqiron Amir Temur bobomizning o‘z vaqtida Shahrisabzga ham hurmati cheksiz bo‘lgan.

Hozirgi kunda qadim va navqiron shaharda tadbirkor, hunarmand va ishbilarmonlik bilan shug‘ullanib, vatanimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shayotgan yurtdoshlarimiz ko‘pchilikni tashkil etadi.

“O‘zstandart” agentligi Bosh direktori A.Karimov Shahrisabzlik tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. A.Karimov uchrashuv avvalida o‘tgan davr mobaynida “O‘zstandart” agentligi faoliyatida qo‘lga kiritilayotgan yutuqlari, xalqaro hamkorlik sohasidagi kelishuvlar va yurtimizda eksport imkoniyatlarini kengaytirishda ishlab chiqilayotgan me’yoriy hujjatlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Sayyor uchrashuvida Shahrisabz shahar hokimi I.Nusurov, Qashqadaryo Standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi hamda Qashqadaryo Sinov va sertifikatlashtirish markazining rahbarlari ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida tadbirkorlar tomonidan berilgan savollarga javob berildi.