Prezidentimizning Xitoy, Qozog‘iston, Rossiya, Turkiya Janubiy Koreya, Qirg‘iziston va Tojikiston davlatlariga tashrifi davomida imzolangan shartnomalar tufayli xorijiy investitsiyalar, shuningdek, mahsulotlar eksporti, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi keskin ortdi.

Sirdaryo viloyatida  eksportga aloqador tashkilotlar  vakillari va eksportyor korxonalarning rahbarlari ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda Sirdaryo standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi hamda Sirdaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi, “Mahsulotni eksport qilishga ko‘maklashish byurosi” vakillari ham ishtirok etdi.

Seminar ochiq muloqot tarzida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da yurtimizda tadbirkorlik muxiti, yangi korxonalar, loyihalarning yaratilishiga, ishlab chiqarilayotgan maxsulot turlari va raqobatning o‘sishiga olib kelayotganligini, bu esa o‘z navbatida eksportbop mahsulotlarning ko‘payishiga zamin yaratayotganligi ta’kidlab o‘tildi hamda barcha mutasaddi tashkilotlar bugungi kunda sohalarda tadbirkorlarga yaratilgan imtiyozlar to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tishdi.

Uchrashuvda ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar.