O’zbekistonimiz hayotida yuz berayotgan islohotlar jarayoni barchadan birdek tashabbuskorlikni, yangilikka intilishni va fidoiylikni talab qilmoqda. Albatta, bu  yo‘nalishda ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritilishida shubhasiz hamkorlik asosida ishni tashkil etish o‘ta muhim sanaladi.

“O’zstandart” agentligi tomonidan o‘tgan qisqa   vaqt mobaynida e’tiborga molik ishlar bajarildi. Masalan, Agentlikning tashabbusi bilan xalqimizni va ichki iste’mol bozorlarimizni sifatsiz mahsulotlardan himoya qilish maqsadida “Nazorat xaridi”  yo‘lga  qo‘yildi. Buning natijasida ko‘plab bozorlar va yirik savdo majmualarida muddati o‘tgan, sifati kafolatlanmagan mahsulotlarning sotilishni oldi olindi.

“O’zstandart”  agentligi va Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan “Nazorat xaridi”  tizimining huquqiy asosini yaratish maqsadida respublikamizdagi nufuzli partiyalari bilan yaqindan hamkorlik ishlari yo‘lga qo‘yilmoqda.

Yaqinda Agentlikning bir qator mas’ul xodimlari “Adolat” va O’zbekiston xalq demokratik partiyalarining mas’ullari bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

Mazkur amaliy hamkorlikdan ko‘zlangan asosiy maqsad “Nazorat xaridi” haqida tayyorlangan Qaror loyihasini keng jamoatchilik muhokamasiga tashlash orqali uni yurtimizda huquqiy asosini yaratishga qaratilgan.

E’tiborli tomoni shundaki, mazkur tizimni amaliyotga keng joriy etish va shu orqali xalqimizni sifatsiz mahsulotlardan himoya tizimi yaratilishini Xalq demokratik partiyasi rahbariyati va jamoasi qo‘llab-quvvatlashlarini alohida ta’kidlab o‘tdilar.

Albatta, bunday sayi-harakatlardan ko‘zlangan maqsad va muddao iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilayotgani bilan ahamiyatlidir.