«Qashqadaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi» davlat korxonasida, Qarshi muhandislik - iqtisodiyot institutining «Neft va gaz» fakulteti «Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish» kafedrasi bilan hamkorlikda standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasidagi dolzarb masalalar va amalga oshrilayotgan islohatlarga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbatida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida yangidan ochilgan «Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha)» bakalavriyat ta’lim yo‘nalishining ochilishi va bundan ko‘zlangan maqsad, talabalarning o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida ishlab chiqarish amaliyotlarini sifatli tashkil etish masalalari ham kelishib olindi.