«O‘zstandart» agentligining «Chirchiq sinov va sertifikatlashtirish markazi» davlat korxonasi mutaxassislari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan «Oziq-ovqat mahsulotlariga tegib turadigan qadoqlarning xavfsizligi to‘g‘risida»gi umumiy texnik reglament, «Oziq-ovqat mahsulotlarini tamg‘alash yuzasidan uning xavfsizligi to‘g‘risida»gi umumiy texnik reglament talablarini ishlab chiqarish korxonalariga joriy qilish va reglamentlarda belgilangan talablarni korxona ma’sullariga tushintirish maqsadida «MARVARID SOF SAVDO» MChJ va «FOOD DISTRIBUTION SERVIS» MChJ lariga amaliy yordam ko‘rsatdilar.