Xalqimizda mehr-oqibat, saxovat va yordamga muhtojlar holidan xabar olib, ularga ma’navyi-iqtisodiy tomondan ko‘makdosh bo‘lish savob ishlardan hisoblanadi.

Yurtimizda “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan Buxoro sinov va sertifikatlashtirish markazi jamoasi Buxoro shahridagi 123 sonli maxsus maktab internati tarbiyalanuvchilari va S.Boxarziy mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lishib, kam ta’minlangan oilalar va farzandlar holidan xabar olib, ularning samimiy quvonchlariga sherik bo‘ldilar.

Albatta, markaz tashabbusi bilan o‘tkazilgan bunday xayriya tadbiri zamondoshlarimiz qalbida ertangi kunga bo‘lgan intilishni oshirishga xizmat qiladi.

Axborot xizmati