Xorazm sinov va sertifikatlashtirish markazi tomonidan viloyatning Hazorasp, Bog‘ot, Xonqa, Qo‘shko‘pir, Shovot, Gurlan, Yangiariq, Yangibozor, Xiva shahri va Xiva tumanlarida Prezidentimizning «Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida belgilangan vazifalarning ijrosiga bag‘ishlangan seminar treninglar tashkil etildi.

Uchrashuvlarda viloyat bojxona boshqarmasi va tumanlardagi tadbirkorlik sub’ektlari rahbarlari va vakillari, hamda tuman hokimligining mas’ullari ham qatnashdilar.