Farg‘ona sinov va sertifikatlashtirish markazi tadbirkorlar bilan hamkorlikda «GLOBAL G.A.P.» xalqaro standartining asosiy talablari va ustuvorliklari mavzusiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi. Seminarda viloyat Bojxona, qishloq xo‘jaligi, investitsiya, iqtisodiyot boshqarmalari, markaziy va tijorat banklari, statistika, savdo-sanoat, turizmni rivojlantirish, “O‘zbekoziqovqatxolding” hududiy bo‘limi vakillari hamda fermer va dehqon xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdi.

Ular «GLOBAL G.A.P.», «Organik» standartlari haqida batafsil to‘xtaldilar.