Prezidentimizning 2018 yil 12 dekabrdagi “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-4059-sonli qarori va 2018 yil 17 oktyabrdagi “Meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3978-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida Namangan viloyat hokimligi yordamida Amerika Qo‘shma Shtatlarining DAI Global LLC, USAID Agricultural Value Chain va Germaniyaning xalqaro hamkorlik “GIZ” loyihasi bilan birgalikda “Organic” va “GLOBAL G.A.P” xalqaro standartlarining asosiy talablari va ustuvorliklari to‘g‘risida amaliy seminar-trening o‘tkazildi.

Seminar davomida ishtirokchilarga Amerika Qo‘shma Shtatlarining DAI Global LLC, USAID Agricultural Value Chain loyihasi ekspertlari tomonidan “Organic” va “GLOBAL G.A.P” xalqaro standartlarining asosiy talablari va uning afzalliklari yuzasidan taqdimotlar asosida yaqindan tanishtirildi va amaliyotga tadbiq qilish masalalari bo‘yicha tavsiyalar berildi.