Namangan sinov va sertifikatlashtirish markazi qoshidagi oziq-ovqat mahsulotlarini sinash laboratoriyasi tomonidan ichki iste'mol bozorlarimiz hamda iste'molchilarimizning manfaatlarini himoyalash yuzasidan oziq-ovqat mahsulotlarining sinovi tizimli ravishda olib boriladi.

Yaqinda viloyatning To’raqo’rg’on tumanida joylashgan “ISTIQLOL” fermer xo’jaligida ishlab chiqarilgan qadoqlangan olma povidlosi GOST 6929-88 standarti talabiga muvofiq kelmadi. Natijada, sertifikatlashtirish yuzasidan murojaat rad etildi hamda mahsulotni qayta ishlash tavsiya qilindi.