O’zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Namangan shahar bo’limi hamda Namangan sinov va sertifikatlashtirish markazi hamkorligida mahsulotlarning iste'molga yaroqliligi yuzasidan sinov ishlari olib boriladi.

Navbatdagi sinov natijalariga ko’ra, Аndijon shahrida joylashgan “Zilol sut lux” ishlab chiqarish korxonasiga tegishli bo’lgan polimer idishlarga qadoqlangan “Nice Milk” va “Zilol sut” nomli sut mahsulotlari tarkibidagi yog’ning massa ulushi belgilangan me'yor talablariga javob bermadi.

 

“O’zstandart” agentligi iste'molchilarimizni mahsulot xarid qilayotganlarida, uning sifatiga e'tiborli bo’lishlarini tavsiya etadi!