Joriy yilning 26 mart kuni “O‘zstandart” agentligiga Xitoy Xalq Respublikasining “A-Test Complience Services Ltd.Co.” kompaniyasi prezidenti Sao Sin rahbarligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Tadbirda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro ishonch, hamkorlik va manfaatdorlikka asoslangan strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.

“O‘zstandart” agentligi bosh direktori o‘rinbosari J.Shukurov suhbatda 2017 yil 12 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin tomonidan imzolangan O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasining har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish to‘g‘risida qo‘shma bayonot alohida ahamiyat kasb etishi ta’kidlab o‘tildi.

Mehmonlarga “O‘zstandart” agentligining faoliyati va soha yo‘nalishlarida olib borilayotgan ishlar bo‘yicha to‘laqonli ma’lumot va birga tashkil etilishi mumkin bo‘lgan investitsiya loyixalari taqdim etildi.

Suhbat chog‘ida standartlashtirish, metrologiya, muvofiqlikni baxolash, sifat milliy infrastrukturasini rivojlantirish, ichki bozorni sifatsiz maxsulotlardan ximoya qilish, axborot texnologiya soxalarida yuksak salohiyatli mutaxassislarni tayyorlash, xorijiy tajriba oshirish yuzasidan xamkorlikni yanada rivojlantirish, metal, oziq ovqat maxsulotlari va energiyasamadorligi sinovlari bo‘yicha qo‘shma korxonalar ochish bo‘yicha fikr almashildi.

“A-Test Complience Services Ltd.Co.” kompaniyasi vakillariga Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazining sinov laboratoriyalari ko‘rsatildi.

Uchrashuv so‘ngida Xitoy Xalq Xitoy Xalq Respublikasining “A-Test Complience Services Ltd.Co.” kompaniyasi prezidenti Sao Sin “O‘zstandart” agentligi raxbariyatiga iliq qabul uchun minnatdorchilik izhor etib, kelajakda aloqalarni yanada mustahkamlash, Agentlik tizimini rivojlantirishda zarur ishlar olib borishga tayyor ekanligini bildirdi. Va o‘z navbatida Agentlik mutaxassislarini Xitoy davlatiga faoliyat bilan tanishish uchun taklif etdi. Tadbirda mamlakatimizdagi “O‘zbek-Xitoy” savdo uyushmasi raisi Chang King xonim ham ishtirok etdi.