Germaniyalik halqaro ekspert Fredrix Notdurft “O‘zstandart” agentligi Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti hamda Samarqand, Jizzax va Sirdaryo sinov va sertifikatlashtirish markazlari vakillari bilan hamkorlikda Samarqand viloyatining Payariq tumanida joylashgan “AGRO KING FRUITS” va “NURSHODBEK AGRO” korxonasining yer maydonlari, mevali bog‘lari bilan tanishdilar va zarur ko‘rsatmalar berdilar.
 

Shuningdek, Samarqand sinov va sertifikatlashtirish markazi hamda viloyat hokimligi tashabbusi bilan hududdagi eksportyor korxonalar, tegishli tashkilotlar mas’ullari uchun seminar tashkil etildi.