Belarus Respublikasining Davlat standartlashtirish qo‘mitasi raisi Tataritskiy Valentin Boleslavovich boshchiligidagi delegatsiya yurtimizdagi ishlab chiqarish, standartlashtirish, muvofiqlikni baholash va yuqori malakali kadrlar tayyorlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoni, investitsion loyihalar bilan tanishish, soha vakillari bilan muloqot qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi va Turin Politexnika Universitetiga tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida Ilg‘or texnologiyalar markazi direktori Shaxlo Turdiqulova Markazning faoliyati, Toshkentdagi Turin Politexnika Universiteti rektori Kongratbay Sharipov mehmonlarga oliy ta’lim muassasasi faoliyati bilan tanishtirdi.

Shu bilan birga, mehmonlar “O‘zstandart” agentligi va “O‘zavtosanoat” aksionerlik jamiyati hamkorlikda Samarqand shahridagi «Man Auto-Uzbekistan» qo‘shma korxonasi va qo‘hna Samarqandning diqqatga sazovor joylarida bo‘lib, mamlakatimizning boy tarixi va madaniyati bilan yaqindan tanishdilar.