Qoraqalpog‘iston sinov va sertifikatlashtirish markazida mahalliy va markaziy ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida navbatdagi Media-tur tashkil etildi.

 

Sir emas bugungi kunda mamlakatimizda juda katta islohotlar jarayoni boshlandi. Albata, bunday jarayonda chetda tomoshabin bo‘lib emas, balki yangilanishlarda faol ishtirokchi sifatida yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish payti keldi.

 

“O‘zstandart” agentligi va uning hududiy markazlari mana shunday jarayonlarda mamlakatimizning ishlab chiqarish korxonalari va tadbirkorlarga o‘z yo‘nalishidan kelib chiqqan holda yaqin ko‘makdosh bo‘lishga harakat qilmoqda.

 

Navbatdagi Media-tur davomida jurnalistlar dastlab markazning faoliyati bilan yaqindan tanishib, mahsulotlarning bevosita sinov jarayonlarini kuzatdilar. Uchrashuvda “O‘zstandart” agentligi Matbuot xizmati rahbari A.Rasulov va Markaz direktori Ch.Xudoybergenovlar jurnalistlarga zarur ma’lumotlarni berdilar.

Shundan so‘ng mehmonlar sut va sut mahsulotlari hamda polimer quvurlarini ishlab chiqarayotgan korxonalarida ham bo‘ldilar.