Navoiy sinov va sertifikatlashtirish markazi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 3 maydagi “O‘zbekistonda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” PQ-4307 Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Navoiy viloyat hokimligi va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir davomida Navoiy viloyat IIB terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Yu.Ismoilov hamda Navoiy shahar imom xatibi D.Ergashevlar so‘zga chiqib, xodimlarga odob-ahloq me’yorlari, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ta’magirlikning salbiy oqibatlari va uni bartaraf etish kabi masalalar tushuntirildi.