Barchamiz iste'molchimiz. Savdo rastalari yoki bozorlardan o’zimiz va oilamiz uchun xavfsiz va sifati kafolatlangan mahsulot xarid qilishni xohlaymiz.

 

Tan olib aytish kerak, iste'molchilarimizni va bozorlarimizni hamda yirik savdo majmualarimizni sifati kafolatlangan mahsulotlar bilan to’liq ta'minlab berishda hali ko’p ishlashimiz lozim.

Shu maqsadlarga erishish uchun “O’zstandart” agentligi Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda.

Аgentlik va Federatsiya rahbarlari o’rtasida bo’lib o’tgan uchrashuv do’stona va samimiy ruhda kechdi. Muloqot chog’ida har ikki tomon bozorlarimiz va iste'molchilarimizni sifatli mahsulotlar bilan ta'minlash, zamonaviy laboratoriyalarni tashkil etish orqali mahsulot sinovlarini o’tkazish va ommaviy axborot vositalari orqali targ’ibot ishlarida yanada hamkorlikni kuchaytirishga kelishib oldilar.