“O‘zstandart” agentligi tomonidan 2019 yilning 8 aprel kuni Milliy matbuot markazida “Respublikamizda oziq-ovqat mahsuloti xavfsizligini ta’minlashda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi agentlikning o‘rni” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazilgan.
Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizlik talablarini o‘rnatish maqsadida bugungi kunda texnik jihatdan tartibga solish sohasida bir qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda
Jumladan, “O‘zstandart” agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabrdagi PQ-4059-sonli qarorining 2-ilovasi “2019-2021 yillarda texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturi” ijrosini ta’minlash, hamda xozirgi kunda qabul qilingan texnik reglamentlarni mazmun va mohiyatini tushuntirish borasida keng targ‘ibot ishlarini amalga oshirish bo‘yicha tegishli ishlar bajarilmoqda.
Bunda asosiy e’tibor sinov laboratoriyalarini xalqaro darajada ta’mirlash va ularni sinov uskunalari hamda o‘lchash vositalari bilan jihozlashdagi ilg‘or tajribalarni ommalashtirishga qaratilmoqda.
Dunyo bozorida raqobat kuchli bo‘lgan bir paytda O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan turli xildagi oziq-ovqat mahsulotlari tashqi bozorda o‘z o‘rnini egallab kelmoqda..
Mamlakatlar o‘rtasida savdo va iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish, xalqaro savdodagi to‘siqlarni bartaraf etish, hamda xavfsiz va sifatli mahsulot ishlab chiqarish maqsadida xozirgi kunda jami 40 ta texnik reglament qabul qilingan, shulardan 10 ta texnik reglament oziq-ovqat soxasiga taalluqlidir.
Bundan tashqari, “O‘zstandart” agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabrdagi “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4059-sonli qarori 4-bandi, 2-ilovasi 2019-2021 yillarda texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturi ijrosini ta’minlash, hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 martdagi topshirig‘ining ijrosini ta’minlash maqsadida, jami 42 ta texnik reglament ishlab chiqish belgilangan, shulardan 11 ta texnik reglament oziq-ovqat soxasiga taalluqlidir.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning yuqori sifatini ta’minlash, ichki bozorni sifatsiz oziq-ovqat va boshqa mahsulotlardan muhofaza qilishga qaratilgan qonun hujjatlari, Yevropa va Bojxona ittifoqi, hamda MDX davlatlari reglamentlari normalari va halqaro standartlar talablari bilan uyg‘unlashtirishga aloxida e’tibor qaratilgan. Buning natijasida Texnik reglamentlar asosida rasmiylashtirilgan sinov bayonnomalari chet davlatlarda tan olinishi, hamda sifatsiz mahsulotlarni olib kirish, ishlab chiqarish va sotish xavfini nazorat qilish tartibi o‘rnatiladi.