“O‘zstandart” agentligi tomonidan Muvofiqlikni baholash sohasida iqtidorli kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning rivojlangan davlatlarda soha yo‘nalishlarida malakasini oshirishga alohida e’tibor qaratib kelmoqda.

Hozirda Agentlikning bir guruh sinov laboratoriyasi xodimlari Nanking Bozorlarni Nazorat etish Administratsiyasi (Nanking SAMR) hamkorligida IEC 61000-Elektromagnit moslashuvchanlik standarti talablari bo‘yicha tashkil etilgan trening seminarda ishtirok etib, o‘z ko‘nikma va malakalarini oshirishmoqda.