“O‘zstandart” agentligi tomonidan, Toshkent Farmatsevtika institutining professor o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida, sog‘liqni saqlash sohasida o‘lchashlarning bir xilligini metrologik ta’minlashning dolzarbligi mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda “O‘zstandart” agentligi rahbariyati hamda O‘zbekiston milliy metrologiya instituti mas’ullari tomonidan respublikamizda o‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash, Sog‘liqni saqlash tizimida o‘lchovlarning bir xilligini metrologik ta’minlash hamda oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan bo‘lg‘usi mutaxassislarni hamkorlik asosida tayyorlash va keyinchalik ularni ishga joylashtirish masalalari muhokama qilindi.

Ochiq muloqot davomida O‘zbekiston milliy metrologiya instituti xodimlari Prezidentimizning 2017 yil 28 apreldagi 2935-sonli “O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 fevraldagi 112-sonli “Tibbiyotda qo‘llanadigan laboratoriya va diagnostika uskunalarining metrologik nazoratini takomillashtirish chora-tadbirlar” yuzasidan olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida institut jamoasiga ma’lumotlar berildi.