“O‘zstandart” agentligida Germaniya Federativ Respublikasining “Federal fizik-texnik instituti” (PTB)ning ikkinchi baholash missiyasi delegatsiyasi a’zolari hamda Agentlik tizim tashkilotlari rahbarlari bilan birgalikda “WORK-SHOP” shaklidagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Mazkur yig‘ilish davomida 2020-2023 yillarga mo‘ljallangan loyiha asosida amalga oshiriladigan ishlar haqida muzokaralar olib borildi. Yig‘ilishda ishtirok etganlar loyiha bo‘yicha o‘zlarining taklif va fikrlarini bildirishdi.

Yig‘ilish yakunida hamkorlik loyihalarini kelajakda yanada ko‘paytirish va ikki tomonlama do‘stona aloqalarni mustahkamlashga kelishib olindi.