O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, qurilish mahsulotlari sohasidagi xalqaro standartlar ro‘yxati belgilab olindi.

 “O’zstandart” agentligi tizimidagi Standartlar Instituti uchun mazkur sohani mukammal rivojlantirish,  xalqaro standartlarni qabul qilish uchun davlat byudjetidan 1 mlrd. 600 mln. so‘m miqdorda mablag‘ ajratildi.

Shu munosabat bilan, 2019 yilning yakuniga qadar jami 577 ta xalqaro standartlarni (340 ta standart hamda 237 ta havoladagi standartlar) o‘zbek tilida ishlab chiqish bo‘yicha Standartlar institutida ishlar olib borilmoqda.

Mazkur xalqaro standartlarni ishlab chiqishda, O’zbekiston Davlat Jahon tillari Universiteti hamda Toshkent arxitektura- qurilish institutining professor-o‘qituvchilari  ham jalb etilgan.