“O‘zstandart” agentligi tomonidan har bir murojaat e’tibordan chetda qoldirilmaydi. Har bir murojaat ortida inson taqdiri yotadi. Shuning uchun Agentlik tomonidan murojaatlar chuqur tahlil etilib, unga o‘z vaqtida javob berilmoqda.
O‘tgan 2019 yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan 172 ta yozma, 291 ta elektron, 124 ta og‘zaki, jami 587 ta murojaatlar kelib tushdi.
Ushbu murojaatlarning 183 tasi mahsulotlarni sertifikatlashtirish, 145 tasi o‘lchov vositalarini metrologik qiyoslovdan o‘tkazish, 69 tasi standartlashtirish, 36 tasi mahsulotlarning sifatini o‘rganish, 18 tasi akkreditatsiyadan o‘tkazish va 136 tasi boshqa masalalar yuzasidan kelib tushgan.
Ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha 274 ta murojaatlar yuzasidan tegishli choralar ko‘rilib, murojaat egalari qanoatlantirildi, 313 ta murojaat mualliflariga amaldagi qonunchilikka muvofiq tegishli tartibda tushuntirishlar berildi.