Xitoy Xalq Respublikasining Milliy karantin byurosi tomonidan import qilinadigan mayiz mahsulotlarining namlik miqdori 35 foizdan ko‘p bo‘lmaslik talabi o‘rnatilgan.
Xalqaro standartlarga asosan, mayiz mahsulotining namlik ko‘rsatkichiga quyidagi talablar qo‘yilgan:
“Malaga, muskatel” navlari uchun - 31% dan ko‘p emas;
Urug‘idan tozalangan navlar uchun - 19% dan ko‘p emas;
Boshqa navlar uchun - 18% dan ko‘p emas.
Tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan eksport qilinayotgan mayiz mahsulotlari xorijiy davlatlar bozoriga to‘siqlarsiz kirib borishini ta’minlash maqsadida, yuqoridagi standart talablariga rioya etilishi maqsadga muvofiq.