“O‘zstandart” agentligi tomonidan joriy yilda respublikamizda 2796 ta yangi standartlar qabul qilinib, ulardan 2744 tasi (98,1 %) xalqaro standart, me’yor va qoidalar bilan uyg‘unlashgan.

Ma’lumot uchun: 456 ta mahsulotlarga (oziq-ovqat, elektrotexnika, qurilish materiallari, kimyo texnologiyasi, neft mahsulotlari, temir yo‘l texnikasi va boshqa sohalarda) yangi standartlar bilan ta’minlandi.

Ishlab chiqariladigan mahsulot sifatini baholash uchun zamonaviy sinov usullar (ekspress metodlar)ning xorijiy mamlakatlarning bozorlarida qabul qilingan 1821 ta standartlari joriy etildi.