Xususan, “Global G.A.P.” tashkilotining Markaziy Osiyo, Rossiya va Latviya mintaqasi kordinatori Edita Strazdina bilan videomuloqat o‘tkazildi. Muloqat natijasida,

Boltiq bo‘yi mamlakatlarida savdo tarmoqlariga ega bo‘lgan “Maxima” (Latviya) kompaniyasi vakillari, “Rimi Baltic” (ICA Shvetsiya kompaniyasining sho‘’ba korxonasi, vakillari bilan mahalliy eksportyorlari o‘rtasida videomuloqatni tashkil etish;

- qishloq xo‘jaligi mutaxassislari va fermer xo‘jaliklariga onlayn tarzda treyning-o‘quv seminarlari uchun USAID tashkilotining grand mablag‘larini jalb qilish va tashkil etishga yordam berish;

- qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi oliygohlari talabalariga o‘quv seminarlarini tashkil etish;

- xorijiy sertifikatlashtirish idoralarini mutaxassislarini yurtimizdagi fermer xo‘jaliklariga masofadan turib sertifikatlash ishlarini tashkillashtirish rejalashtirildi.