“O‘zstandart” agentligi mamlakatimizning xorijiy davlatlardagi elchixonalari bilan hamkorlikda Xalqaro standartlashtirish tashkiloti, Jahon Banki, GLOBAL G.A.P tashkiloti, Malayziya, Ruminiya, Gretsiya, Niderlandiya, Singapur davlatlarining xalqaro sertifikatlashtirish idoralari bilan onlayn muloqotlar o‘tkazildi.

Ma’lumot sifatida aytishim mumkinki, xalqaro ekspertlar tomonidan mamlakatimizda xalqaro standartlarni joriy etish imkoniyatlari yuqori baholandi.

Mamlakatimizda mahalliy ishlab chiqaruvchilarni masofadan turib qo‘llab quvvatlash, ularga GLOBALG.A.P halqaro standartini joriy etish, sertifikatlashtirish va audit jarayonlarini onlayn o‘tkazish, oliy ta’lim o‘quv dargohlari talabalari, qishloq xo‘jaligi mutaxassislari va fermer xo‘jaliklariga onlayn tarzda treyning-o‘quv seminarlarini tashkil etishga kelishildi.

Unga ko‘ra joriy yilning 2 iyun kuni "Global GAP" tashkilotining Markaziy Osiyo, Rossiya va Latviya mintaqasi koordinatori Edita Strazdina bilan Global GAP standarti talablari yuzasidan mahsulot sifati va eksporti uchun mas’ul bo‘lgan viloyatlardagi 20 ta fermer xo‘jaliklari vakillari uchun bepul “Master klass” tashkil etiladi.

1-4 iyun kunlari esa Xalqaro standartlashtirish tashkiloti bilan

“Maqbul standartlashtirish amaliyoti” mavzusida treyning seminar bo‘lib o‘tadi.