Joriy yilning 15-17 iyun kunlar Shveysariya davlatining Jeneva shahrida BMTning Yevropa Iqtisodiy komissiyasining tijorat standartlari bo‘yicha navbatdagi 67-chi sessiyasi videokonferensiya tarzda bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston vakillari bilan birga Markaziy Osiye davlatlari, AQSh, Germaniya, Polsha, Turkiya, Gretsiya shuningdek ozik-ovqat yo‘nalishi bo‘yicha qator xalqaro tashkilotlari vakillari ishtirok etildi.
Mazkur xalqaro yig‘ilishda quruq va quritilgan mevalar bo‘yicha ishlab chiqarilayotgan yangi tijorat standartlari va ularga qo‘shimchalar kiritish masalalari ko‘rib chiqildi.
Jumladan Markaziy Osiyo mintaqasida yetishtiralidgan qishloq ho‘jaligi mahsulotlariga YeEK OON turkumidagi tijorat standartlari ishlab chiqish, amaldagi standartlarga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritish bo‘yicha Markaziy Osiyo ishchi guruh tomonidan ishlab chiqilgan quritilgan xurmo, o‘rik danagi, yer-yong‘oq mahsulotlariga yangi standart loyihalari komissiyaga taqdim etildi.
Ushbu loyihalar komissiya tomonidan ijobiy qabul qilindi, mutaxassislar tomonidan takliflar berildi, hamda Yevropa Iqtisodiy komissiyasining qabul qilingan tartibiga ko‘ra bir yil muddatda standartlarni bevosita amaliyotda sinash bo‘yicha tavsiyalar berildi.