“O‘zstandart” agentligi yurtimizda tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini qo‘llab quvvatlash, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilish va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga e’tibor qaratmoqda.
Shu maqsadida, 300 ta tashkilot standartlari (Ts) o‘rniga yagona talablarni belgilovchi unifikatsiyalangan 10 ta O‘zbekiston Respublikasi Davlat standarti ishlab chiqildi, hozirgi kunda 609 tashkilot standarti o‘rniga 39 ta O‘zbekiston Respublikasi Davlat standarti ishlab chiqilmoqda.
Shu kunga qadar respublikamizda 530 ta yangi zamonaviy ilg‘or texnikalar mujassamlangan xalqaro standartlar qabul qilindi.
Shuningdek, bozor iqtisodiyoti mexanizmlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan va ma’nan eskirgan 16 ta standartlar amaliyotdan chiqarilib, 17 tasi qayta ko‘rib chiqildi.