Hozirgi pandemiya davrida “O‘zstandart” agentligi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan 243 ta eksportyor korxonalarning standartlashtirish, sertifikatlashtirish, metrologiya, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi muammolari o‘rganilib, ularga xalqaro standartlarni joriy etish va sertifikatlashtirish yuzasidan maʼlumot berildi.

Shuningdek, o‘rganishlar natijasida Toshkent viloyati Angren shahrida faoliyat yuritayotgan “TOP OIL” qo‘shma korxonasi tomonidan ishlab chiqariladigan va eksport qilishga rejalashtirilgan yog‘ miqdori 20% ni tashkil qilgan margarin mahsulotlariga    davlatlararo standarti amaliyotga kiritib berildi.

Andijon viloyatdagi tibbiy niqob ishlab chiqarayotgan “Makro farm Andijon” korxonasiga esa  tibbiy niqob mahsulotiga tegishli bo‘lgan standartlari bepul taqdim etildi.