OʻzTTSA huzuridagi Departament, Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nozarati markazi, Oʻzbekiston  milliy metrologiya instituti Samarqand filiallari tashabbusi bilan viloyat IIB hamkorlikda korrupsiyaga qarshi kurashishga bagʻishlangan “Korrupsiya - taraqqiyot kushandasi” mavzusida seminar tashkil etildi.

Seminarda viloyat IIB vakili tomonidan ishtirokchilarga Respublikamizda korrupsiya illatiga qarshi kurashish boʻyicha amalga oshirilayotgan tadbirlar, korrupsiyaning jamiyat rivojlashidagi salbiy taʼsiri va korrupsiyani oldini olish boʻyicha amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar boʻyicha batafsil tushunchalar berildi.  

Ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.