Oʻzbekiston Respublikasining Latviya davlatidagi elchixonasi va Texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamkorligida   mahalliy fermer xoʻjaliklari, ishlab chiqaruvchilar va soha mutaxassislari uchun onlayn seminar tashkil qilindi.

Uchrashuvda GLOBAL G.A.P tashkilotining Oʻrta Osiyo, Latviya va Rossiya mintaqasi koordinatori Edita Strazdina ishtirok etdi.

Oʻtkazilgan seminarda mamlakatimizda GLOBALG.A.P. va Organic standartlarni joriy etish sohasida olib borilayotgan ishlar, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni masofadan turib  qoʻllab quvvatlash, ularga GLOBALG.A.P va Organic halqaro standartini joriy etish, sertifikatlashtirish va audit jarayonlarini oʻtkazish, GLOBALG.A.P. tashkilotiga aʼzo texnik qoʻmitalar faoliyatini tubdan yaxshilash, milliy kadrlar tayyorlash,  qishloq xoʻjaligida standartlashtirish sohalarini rivojlantirishga qaratilgan  muhim vazifalar muhokama etildi.

 Mamlakatimizda 21 million tonnadan ortiq meva-sabzavot yetishtiriladi, meva-sabzavot mahsulotlari inson salomatligi  uchun zarur boʻlgan turli  biologik moddalar va mikroelementlarga boyligi jihatidan dunyoda yetakchi oʻrinda turadi.

Xalqaro ekspertning fikricha, mintaqadagi meva-sabzavot mahsulotlar mazali va servitaminligini inobatga olib, marketing sohasini ham rivojlantirishga  eʼtibor qaratish, shu bilan jahon bozoridagi talablarni oʻrgan holda gullar va dekorativ  oʻsimliklar,  chorva va parrandachilik, akva ekinlar va baliqchilik soxalariga xam Global G.A.P. xalqaro standartini joriy etish va bu mamlakat eksport geografiyasini kengaytirishga xizmat qilishini taʼkidlab oʻtdi.  

Xalqaro hamkorlik  boshqarmasi