Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz yillik toʻyi munosabati bilan Agentlikning Navoiy viloyati hududiy filiallari hamkorligida “Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik” gʻoyasini oʻzida mujassam etgan maʼnaviy maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Navoiy Davlat pedagogika instituti dotsenti, filologiya fanlari falsafa doktori Nasiba Tursunova va Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi shoir Shoyim Shernazar ishtirok etdilar.

Uchrashuvda Mustaqillik oliy neʼmat ekanligi, uni qadriga yetish zarurligi taʼkidlandi. Shuningdek, “Tarix va mustaqil Oʻzbekiston” mavzusida pedagogika instituti dotsenti N.Tursunova va shoir Shoyim Shernazar tabrik va sheʼrlari bilan ishtirokchilarni xursand qildilar.