Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining Oʻzbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi boshlangʻich tashkiloti oʻz safiga 500 nafardan ortiq yoshlarni birlashtirib, yoshlarni ijtimoiy himoyalash, ularda komil inson fazilatlarini tarbiyalash, dunyoqarashini bunyodkor gʻoyalar bilan oziqlantirish, intellektual mulkka egalik tuygʻusini shakllantirish, tashabbus va yangiliklarini qoʻllab-quvvatlashdan iborat.

Bugun Agentlik Bosh direktorining tizimda faoliyat yuritayotgan yoshlar bilan uchrashuvida Yoshlar yetakchisi saylandi. Shunindek, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining Agentlik boshlangʻich tashkiloti Kengashi tarkibi ham tasdiqlandi. Unga Kengashning 5 nafar aʼzosi, yaʼni Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti Yoshlar yetakchisi, Yoshlar yetakchisining birinchi oʻrinbosari, Faol va iqtidorli yoshlar bilan ishlash yoʻnalishi yetakchisi, Yoshlar yetakchisining maʼnaviy maʼrifiy ishlar, turizm boʻyicha oʻrinbosari, Sport, salomatlik, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar bilan ishlash yoʻnalishi yetakchisi jamlandi.

Uchrashuvda tizimda faoliyat yuritayotgan yoshlarining oʻzlarining kreativ takliflari bilan faol ishtirok etdilar. Jumladan, barcha yoshlar oʻrtasida oʻzaro hurmat, ahillik, xorijlik yosh hamkorlar bilan amaliy va samarali aloqalar oʻrnatish maqsadida chet tillarini mukammal oʻrganish, turli musobaqalar va maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazish boʻyicha qiziqarli takliflar bildirdilar.

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining Agentlikdagi boshlangʻich tashkiloti qoshida “Metrologlar” teatr, “Quvnoqlar va zukkolar”, “Vatanparvar”, “Munozara” klublari tashkil etishga kelishib olindi.