Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi, Jizzax filiali masʼullari “Mega invest industrial” korxonasida boʻlib, xalqaro standartlarni joriy etilishining ahamiyati yuzasidan tushunchalar berildi.

Bu yerda asosan bazaltli armatura, bazaltli tolalar (roving) va bazaltli setka mahsulotlari ishlab chiqariladi.

Shuningdek, masʼullar Zafarobod tumanida faoliyat koʻrsatayotgan “HUAXIN CEMENT JIZZAKH” korxonasida ham boʻlib, ular bilan ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatini oshirish hamda eksport imkoniyatlarini kengaytirish yuzasidan tegishli yordam koʻrsatildi.