Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Xalqaro savdo yoʻnalishida tahsil oluvchi talabalar, professor oʻqituvchilar, ilmiy xodimlar va potensial mahalliy mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi.

 Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi Mahsulotlarni eksport qilishga koʻmaklashish byurosi tomonidan oʻtkazilgan trening davomida xalqaro standartlarni ishlab chiqarish korxonalarida joriy qilishning afzalliklari, eksport mahsulotlariga qoʻyilgan sifat talablari borasida qatnashchilar oʻzlarini qiziqtirgan koʻplab savollarga atroflicha javob oldilar.