Bugun 9-fevral  buyuk shoir va mutafakkir, davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tugʻilgan kunining 581-yilligi yurtimizda keng nishonlanmoqda.

 Shunday uchrashuv Texnik jihatdan tartibga solish agentligi tizim tashkilotlarining Navoiy viloyati hududiy filiallari tomonidan “Men Navoiy Farzandiman” shiori ostida nishonlandi.

Tadbirda Oʻzbekiston Yozuvchilar Uyushmasi aʼzosi Shoimqul Behbudov hamda Navoiy Pedogogika Instituti Filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori Nigora Sharipovalar ishtirok etib, buyuk shoir va mutafakkir, davlat arbobi Alisher Navoiy bobomizning boy maʼnaviy meʼroslari, uni yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati xususida toʻxtalib, shoir gʻazallaridan namunalar oʻqidilar.