Texnik jihatdan tartibga solish agentligi Davlat nazorati departamenti Qoraqalpog’iston Respublikasi filiali tashabbusi bilan o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi munosabati bilan Nukus shahrida joylashgan 7261-sonli Harbiy qismda manaviy uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda Harbiy qism, Axborot-kutubxona markazi hamda Nukus Davlat pedagogika instituti talabalari ishtirok etib, Bobur ijodi va faoliyati bilan yanada chuqurroq tanishdi va talabalar tomonidan Bobur qalamiga mansub g'azallardan parchalar tinglandi.