Germaniya iqtisodiyotining Sharqiy qoʻmitasi, Siemens AG, Knorr-Bremse Systems for Rail Vehicles GmbH, DKE - VDE Association for Electrical, Electronic & Information Technologies e.V., ALPHA CONSULTING GMBH, DIN Deutsches Institut für Normung e.V. (DIN), Knauf Gips KG, “CLAAS” kompaniyasi vakillari va Oʻzbekiston ishchi guruhi oʻrtasida birinchi onlayn uchrashuv oʻtkazildi.

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Qishlok xoʻjaligi vazirligi, Enertetika vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qurilish vazirligi, Oʻzeltexsanoat uyushmasi, Oʻztoʻkimachiliksanoat uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi elchixonasi vakillari ishtirok etgan uchrashuvda energetika, elektrotexnika, toʻqimachilik, qishloq xoʻjaligi, qurilish materiallari ishlab chiqarish va raqamlashtirish sohalari boʻyicha yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan qatʼiy yangilanish va islohotlar, ayniqsa, iqtisodiyotning erkinlashtirilayotgani mamlakatimizning izchil rivojlanishi va tarmoq korxonalarini yuksalish uchun shart-sharoit yaratilyotganligi taʼkidlandi. Samarali savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni mustahkamlashda germaniyalik ishbilarmonlar va Germaniya iqtisodiyoti sharqiy qoʻmitasi muhim oʻrin egallashi taʼkidlandi.

Tashkil etilgan ishchi guruh oʻzaro manfaatli amaliy hamkorlikning yangi mexanizmiga aylanishi lozimligi qayd etildi.

Tadbir yakuniga koʻra, sohalarni rivojlantirishga qaratilgan navbatdagi uchrashuv joriy yilning aprel oyida oʻtkazishga kelishildi.


Xalqaro hamkorlik boshqarmasi