Innovatsion rivojlanish vazirligida ayni paytda yangi ilmiy ishlanmalar koʻrgazmasi ochilish marosimi boʻlib oʻtmoqda. Unda Vazirlar Mahkamasi, manfaatdor vazirlik va idoralarning masʼul rahbar va xodimlari, olim va mutaxassislar, yangi ishlanmalarni joriy etishdan manfaatdor boʻlgan iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha vakillari ishtirok etmoqda.

Koʻrgazmada yangi mexanizm asosida bajarilgan va 2021-yilda yakunlangan ilmiy loyihalarning asosiy natijalari – 100 dan ortiq yangi ilmiy ishlanmalar namoyish etilmoqda. Ushbu loyihalar qatorida Oʻzbekiston milliy metrologiya institutining “Suyuqlikning kinematik qovushqoqlik birligini hosil qilish uchun birlamchi namunaviy kompleks qurilmasini yaratish” ilmiy-amaliy loyihasi ham Innovatsiya vazirligi vaziri Ibroxim Abduraxmonov tomonidan munosib eʼtirof etilib, sertifikat bilan taqdirlandi.