“SOF-EXPO SAMARKAND” ko‘rgazmalar markazida O‘zTTSA Samarqand viloyati hududiy tizim tashkilotlari, Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi va Jomboy tuman hokimligi hamkorligida Jomboy tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbikorlik sub'ektlari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Uchrashuvda ma'sullar bugungi kunda tadbikorlik sub'ektlariga mahsulotlarni muvofiqligini baholash va bojxona tizimida yaratilgan imkoniyatlar hamda berilgan imtiyozlarga aloxida to‘xtaldilar.

Tadbikorlik sub'ektlari o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan ma'sullarga murojaat qilib uchrashuv qizg‘in muhokamaga boy o‘tishini ta'minladi.