Mening saltanatimda kimki mukofotga loyiq ish qilsa, mukofotsiz qolmaydi, jazoga loyiq ish qilsa jazosiz qolmaydi”

“Temur tuzuklari” kitobidan

Agentlik tizimidagi Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, Qashqadaryo filiali, va boshqa boʻlinmalar hamkorligida buyuk sarkarda davlat arbobi Amir Temur tavalludining 686-yilligi munosabati bilan “Amir Temur va Temuriylar davri sharq renessanssining ikkinchi davri” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Uchrashuvda Respublika maʼnaviyat targʻibot markazi Qashqadaryo viloyat boʻlimi targʻibotchisi, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti dotsenti Saodat Murtozova ishtirok etib, Amir Temurning hayoti va faoliyati yuzasidan maʼruza qildi.

Shuningdek, Amir Temurning davlatchilik faoliyatiga oid koʻrgazmali maʼlumotlar ishtirokchilarga namoyish etildi. Tadbir oʻzaro savol-javoblarga boy boʻldi.

Uchrashuv soʻngida Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, Qashqadaryo filiali rahbari U.Amirqulov soʻzga chiqib, hamkorlik asosida maʼrifiy uchrashuvlarni tizimli oʻtkazib borish va shu orqali xodimlarga boy tariximiz, maʼnaviy merosimiz haqida maʼlumot berib borish ijobiy samara berishini taʼkidladi.