Oʻzbekiston Respublikasining Belgiya Qirolligidagi elchixonasi va Texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamkorligida Niderlandiyaning “W&M group Nederland”  kompaniyasi direktori Xotak Manan va AgriFood NL kompaniyasi direktori Axmadi Romin bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

 Unda  respublikamizda zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan, barcha turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, quritilgan sabzavot va mevalar sinovini har tomonlama tahlil qila oladigan laboratoriyalarga zamin yaratilayotganligi, Yevropa davlatlariga eksportni  keng koʻlamda va sifatli amalga oshirilishi uchun xom ashyolarning muayyan talablarga javob berishini nazoratga olish dolzarb ekanligi taʼkidlandi.

Mamlakatimizda kishlok xoʻjaligi va oziq ovqat mahsulotlari xavfsizligi va sifatini oshirishga alohida eʼtibor karatilyotganligi taʼkidlanib, respublikamiz eksport geografiyasini kengaytirish, organik ishlab chiqarish salohiyatidan toʻliq foydalanish, zamonaviy laboratoriyalarni tashkil etish  sohasidagi muhim qarorlar ijobiy baholandi.

Uchrashuv yakuni va natijasiga koʻra eksport uchun birgalikda xalqaro standartlariga muvofiq baholash ishlarini olib borish va “W&M group Nederland”  kompaniyasining tajribali xorijiy mutaxassislar jamoasi tomonidan treninglar oʻtkazilishda hamkorlik qilishga kelishildi.


Xalqaro hamkorlik  boshqarmasi