"Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi", Samarqand filiali masullari “korxonabay” ishlash tizimi doirasida Urgut tumanida bo‘lib “Alfa Max Alliance”, “Normaxmat” MCHJ, va "Nur-Sam-Qur"  korxonalarining mahsulot ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdilar.

Ma'sullar tomonidan korxonalarga ishlab chiqarilayotgan mahsmulotlarni sertifikatlashtirish, o‘lchov vositalarini metrologik qiyoslash ko‘rigidan o‘tkazish va muvofiqlikni baholash yo‘nalishidagi boshqa masalalar bo‘yicha ba'tafsil tushunchalar berilib, mahsulotlarga tegishli me'yoriy xujjatlar yetkazildi.